Niderlandiyalik tadbirkor Yevropaga Oʻzbekiston limonini eksport qilishga qiziqish bildirdi
Oʻzbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar Yevropa bozorida tobora ommalashib bormoqda. Meva va sabzavot mahsulotlari, ayniqsa, mazali taʼmi va tabiiyligi bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ana shu omillarni hisobga olgan Niderlandiyaning “Boumanfruits” kompaniyasi rahbari Anton Bauman Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonasi vakillari va «Novaya volna» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbariyati bilan oʻtkazilgan onlayn muzokaralarda mamlakatimizda yetishtirilgan mevalarning Yevropa bozoriga eksportini amalga oshirish boʻyicha takliflarini bildirdi.

A.Bauman Oʻzbekistonda yetishtirilgan limonning maxsus navlarini Niderlandiya va Yevropa bozorlarida sotishga qiziqish bildirmoqda.
Tomonlar Oʻzbekistonda yetishtirilgan limonning Niderlandiyaga eksportini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Joriy yilning sentyabr oyi boshida yangi hosil limonining namunalarini yuborish va yetkazib berishni koʻpaytirish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring