Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritiladi
AQSHdagi Oʻzbekiston elchixonasining maʼlum qilishicha, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi 1-sentyabr kuni Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritiladi.
Qayd etilishicha, bayroq ranglaridagi Gʻarbiy yarim shardagi eng kuchli sharsharani 1-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 2-sentyabr soat 7:30da) jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Niagara sharsharasining Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring