Nepalda samolyot halokati oqibatida 68 kishi halok boʻldi
Foto: Reuters
Nepal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi samolyot halokatida 68 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
Nepalda “Yeti Airlines” aviakompaniyasining “TR 72” yoʻlovchi samolyoti qulashi oqibatida 68 kishi halok boʻldi. Qurbonlar soni mamlakat fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ham tasdiqladi.
Samolyot bortida jami 72 kishi boʻlgan, ulardan toʻrt nafari ekipaj aʼzosi boʻlgan.
“Yeti Airlines” aviakompaniyasining “ATR 72” samolyoti 15-yanvar kuni Poxara xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagida qulab tushdi. Fojia sabablari oʻrganilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, layner Katmandu — Poxara yoʻnalishida reysni amalga oshirayotgan edi. Yoʻlovchilar orasida 53 nafar nepallik va 15 nafar xorijlik boʻlgan. Xususan, bortda besh nafar hindistonlik, toʻrt nafar rossiyalik, ikki nafar janubiy koreyalik hamda bir nafar Avstraliya, Fransiya, Argentina va Irlandiya fuqarolari boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring