Nemis restoranida ijtimoiy masofani saqlashning antiqa yoʻli topildi
Germaniyada cheklov qoidalarining qisman olib tashlanishi sababli mahalliy restoran va kafelar asta-sekin oʻz faoliyatlarini qayta yoʻlga qoʻymoqda, deb yozadi CNN.
Umumiy ovqatlanish muassasalariga ijtimoiy masofani 1,5 metrdan saqlash sharti bilan ishlashga ruxsat berilgan.
Har bir tamaddixona shu kabi xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya etishi shart. Shverin shahridagi Café Rothe restorani egalari bunga kreativ tarzda yondashib, tashrif buyurgan mijozlarga kiraverishda oʻziga xos shlyapalar berishmoqda. Bosh kiyimlari porolondan qilingan boʻlib, vertolyot parraklariga oʻxshab ketadi. Uni qoʻndirib olgan xoʻrandalar shu koʻrinishda sotsial masofani saqlash imkoniyatiga ham ega boʻladilar.
— Toʻgʻri, bu biroz noqulay, lekin eng muhimi biz umumiy ovqatlanish joyiga bemalol bora olamiz, — deydi mijozlardan biri.
Eslatib oʻtamiz, kansler Angela Merkel mamlakatda 6-maydan koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini eʼlon qilgan edi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda tojdor virusni yuqtirganlar soni qariyb 175 ming nafarga yetgan, 150 nafari tuzalib ketgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring