Nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini savolnoma boʻyicha tekshiradi
“Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma boʻyicha tekshiradi.
Savdo-sanoat palatasi aʼzosi boʻlgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlar roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi.
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi.
Tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi (soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring