“Nazariya — amaliyot — tajriba uyg‘unligi”: kursantlar sudda sudyalik qildi

00:23 29 Aprel 2025 Jamiyat
328 0

Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari va bojxona huquqi ta’lim yo‘nalishida bilim olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Nazariya — amaliyot — tajriba uyg‘unligi” tamoyili asosida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Bojxona qo‘mitasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu seminar davomida institutning yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqich kursantlari tomonidan iqtisodiy ish bo‘yicha “imitativ sud majlisi” tashkil etildi. Unda kursantlar o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер