Navoiylik onalarga minnatdorlik bildirildi

17:52 08 Yanvar 2024 Jamiyat
377 0

Mustaqillik yillarida oʻta murakkab va sharafli yoʻlni bosib oʻtgan mamlakatimiz Qurolli kuchlari sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch va farovon hayotini taʼminlash, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolatiga aylandi. Bugungi kunda harbiy majburiyatni oʻtash har bir yigit uchun katta sharaf hisoblanadi.

— Vatan himoyasi yoʻlida oʻz yigitlik burchini oʻtashi nafaqat farzandlarimizni balki biz biz onalarning ham koʻnglimizni togʻdek koʻtaradi, — deydi Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Malika Mamadiyarova. — Zero, har bir ota-ona uchun oʻz oʻgʻlining yigitlik davridagi sinov bu Vatan himoyachisi degan sharafga ega boʻlishdir. Onalar uchun esa bu katta baxt.

Navoiy shahridagi 20022-sonli harbiy qismda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan askarlarning onalariga ehtirom koʻrsatildi.

Tadbirda askar onalarini sharaflash va ulugʻlash maqsadida 15 nafar askarning onasi hamda ularning Surxondaryo viloyatida xizmat oʻtayotgan farzandlari bilan onlayn suhbat tashkil etildi. Askarlar xizmat qilayotgan harbiy qism rahbariyati navoiylik onalarga mard va jasur Vatan himoyachisi degan sharafli nomga munosib farzandlar voyaga yetkazganliklari uchun oʻz minnatdorliklarini izhor etdilar.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер