Navoiyda zilzila sodir boʻldi
Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Unda aytilishicha, zilzila bugun, 17-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:14 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining Episentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 3,9 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 kilometr janubiy- gʻarbda joylashgan. Epitsentr: Navoiy viloyati, Konimex tumani, Oʻzbekiston. Koordinatalari 40,74 shimoliy kenglik, 64,95 sharqiy uzunlik.
Oʻzbekiston hududlarida sezilish kuchi:
- Gʻijduvon tumanida 3 ball, 23 km.
- Konimex tumanida 2 ball, 57 km.
- Navbahor tumanida 2 ball, 57 km.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Afgʻoniston hududida ham zilzila sodir boʻlgandi va u Oʻzbekiston hududiga ham sezilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring