Navoiyda talabalar turarjoyi foydalanishga topshirildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari uchun 400 oʻrinli, 5 qavatli turarjoy foydalanishga topshirildi.
Mazkur binoning ochilish marosimiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda qayd etilganidek, universitetda bugungi kunda uch ming nafardan ortiq talabalar (jami 9 ming) kunduzgi taʼlim yoʻnalishida tahsil olib, ularning 700 nafari talabalar turarjoylarida istiqomat qilishadi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari tomonidan turarjoy hovlisida daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash shart-sharoitlari muntazam nazoratga olinib, yoshlarning jismoniy va maʼnaviy kamoloti uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Temur ESHBOYEV
(«Xalq soʻzi»).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring