Navoiyda oʻz ukasini ketmon bilan oʻldirgan shaxsga hukm oʻqildi
2021-yilning 7-dekabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida oʻz akasining oʻlimiga sababchi boʻlgan 1990-yilda tugʻilgan Sh.O. ga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sh.O. 2021-yil 4-avgust kuni Navoiy shahri “Yoshlik» mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Shohjahon Shamshiri” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilayotgan qurilish obyektining 3-qavatida akasi E.O. bilan birga ovqatlanadi. Aka ukalar spirtli ichimlik isteʼmol qilishadi. Mast holatda ish haqi masalasida akasi E.O. bilan oʻrtalarida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqadi. Janjal avjiga chiqib Sh.O akasining bosh qismiga shu yerda turgan ketmon dastasi bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazadi.
E.O. respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilib, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2021-yil 9-avgust kuni kasalxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etadi.
– Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy filialining 2021-yil 17-avgustdagi 137-sonli xulosasida marhum E.O.ning tanasida hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari mavjudligi va bu jarohatlar uning oʻlimi sababi bilan bevosita bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi sudyasi Habilulla Toʻxtayev. – Sud Sh.O.ni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, muqaddam sudlanmaganligi, aybiga toʻliq iqrorligi, qonuniy vakilning daʼvosi yoʻqligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, oilaviy sharoitini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi JKning 57-moddasini qoʻllab, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring