Navoiyda mehmonga chaqirilgan qizning nomusiga tegildi

18:35 27 Aprel 2020 Jamiyat
3854 0

Navoiyda IIV OʻXB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlari poraxoʻr “qoʻshmachi”ning qingʻir ishini fosh etdi.

Karmana tumani “Talqoq” MFYda ijarada yashovchi fuqaro B.D. hamda uning rafiqasi B.S. yashash xonadoniga tanishlari A.Oʻ. hamda Sh.J.ni aldov yoʻli bilan taklif etib, noodatiy tartibda mehmondorchilik tashkillashtirdi. Mezbonlar ichimlik olib kelish bahonasida doʻkonga ketib, ancha vaqtgancha qaytishmagan. Aslida ularning maqsadi mehmon kutish emas, balki “qoʻshmachilik” qilish boʻlib chiqdi.

Paytdan foydalanib A.Oʻ. holi qolgan Sh.J.ga tajovuz qilib, uyatsiz xatti-harakatlar sodir qilgan. Boʻlib oʻtgan holat yuzasidan Sh.J. Karmana tumani IIBga murojaat qilganu, fuqaro kutilmaganda ariza yozishdan bosh tortgan. Biroq, 3 kun oʻtib Sh.J. tuman IIBga qayta yozma ariza bilan murojaat etib, endilikda voqea boshqacha tus olganligi yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Arizaga koʻra, B.D. endilikdan tuman IIBning “Diyor” ismli xodimi nomidan koʻzboʻyamachilik asosida ish koʻrib, tanishi A.Oʻ.dan boʻlgan voqealarni bosti-bosti qilish uchun 20 million soʻm pul mablagʻi talab qilgan va ushbu mablagʻ pora sifatida IIO xodimiga berib, vaziyatni ijobiy hal qilishinimaʼlum qilgan.

Tuman IIB JQBning “Diyor” ismli xodimi viloyat IIBga bildirgi orqali murojaat etib, haqiqatda ushbu sohada faoliyat olib borayotganligini, mazkur holatdan bexabar boʻlsada, fuqaro B.D.ning keskin harakati xodimni poraxoʻr sifatida ayblab kelayotgani haqida oʻz vaqtida ogohlantirdi. Bildirgi yuzasidan Vazirlik OʻXB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlarining tezkor saʼy-harakatlari tufayli, B.D. tanishi A.Oʻ.dan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер