Navoiyda ikki mastning janjali oqibatida 45 yoshli erkak vafot etdi

13:32 22 Dekabr 2020 Jamiyat
1788 0

2020-yilning 13-dekabr kuni soat 10:00 da Zarafshon shahar 1-kichik tuman, 1-uy oldidagi daraxtzorda 45 yoshli Mannon Q.ning murdasi tashqi tan jarohatlarsiz topilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Mannon Q.ning tanasida “qorin boʻshligʻining yopiq qoʻshma jarohati, toʻsh suyagini yopiq sinishi, ichak tutqich arteriyasini yorilishi” kabi tan-jarohatlari borligi hamda aynan shu jarohatlar uning oʻlimiga sabab boʻlganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 41 yoshli Tomdi tumanida tugʻilgan Seriqbol S. sodir etganligi, janjalga esa har ikki fuqaroning spirtli ichimlik taʼsirida bir-birlarini soʻkib haqorat qilganliklari sabab boʻlganligi aniqlangan hamda u jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер