Navoiyda chang boʻroni oqibatida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Navoiy viloyatining Konimex tumanida 3 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
4-noyabr kuni soat 13:30 atrofida avtomobil yoʻlining Konimex tumani hududidan oʻtuvchi qismida 1985-yilda tugʻilgan “Captiva”, 1962-yilda tugʻilgan “Nexia” va 1984-yilda tugʻilgan “Cobalt” rusumli avtomashinalar oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, hodisaga chang boʻroni koʻrinishni cheklab qoʻygani va oraliq masofaga bardosh bera olmagani sabab boʻlgan. Natijada “Cobalt” rusumli avtomashinadagi yoʻlovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring