Navoiyda 307 mahalla raisi saylandi
Saylovlarda 64276 vakil ishtirok etib, 307 mahalla raisi (oqsoqoli) saylandi. Saylanganlarning 187 nafarini oliy, 120 nafarini esa oʻrta-maxsus maʼlumotli fuqarolar tashkil etadi.
Ularning 143 nafari amaldagi, 164 nafari esa birinchi marta saylangan boʻlib, 32 nafar xotin-qizlardir. Saylangan raislarning 4 nafari mahalliy kengashlarning deputatlari.
— Mahalla raisi yurt tinchligi, hududlarda muhit sogʻlomligi va xalq farovonligini taʼminlashda muhim kuch,- deydi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Navoiy viloyat kengashining birinchi oʻrinbosari Normurod Isoqov. - Shu sabab soha uchun katta hayot tajribasi, boy bilim va yuksak salohiyatga ega, eng muhimi mahalla yuksak obroʻ-eʼtiborli kishilar tanlandi.
Viloyatda shahar va tumanlarning fuqarolar yigʻinlari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalari tomonidan jami 1369 nomzod roʻyxatga olinib, bir oʻringa 4,4 nomzod asosida muqobillik tamoyillari taʼminlandi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring