«Navoiyazot»ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

17:56 11 Iyun 2024 Jamiyat
420 0

Mineral oʻgʻitlar bozorida narx manipulyatsiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qoʻllanildi. Qoʻmita tomonidan «Navoiyazot» AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib qonun buzilishini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qoʻmitaning bunday qaroriga mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan «Navoiyazot» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlanishi sabab boʻlgan.

«2021-2023-yillarda mineral oʻgʻit, polivinilxlorid va formalin mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qoʻymasligi oqibatida jami 20,5 mlrd soʻm asossiz daromad olingan», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер