“Navoiyazot”da karbamid ishlab chiqarila boshlandi

15:36 25 Dekabr 2020 Jamiyat
1940 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2016-yil sentyabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020-yil 23-dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi. Bu haqda “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha qiymati 985,7 mln. dollarga teng boʻlib, moliyalashtirish 577 mln. doll. miqdoridagi Yaponiyaning banklari va moliyaviy institutlari kreditlari, 320,0 mln. doll. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti va 88,7 mln. doll. korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi.

Majmua Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries Ltd” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ishlab chiqarish texnologiyalari dunyoning eng yetakchi kompaniyalari, hususan, ammiak ishlab chiqarish boʻyicha Daniyaning “Haldor Topsoe”, karbamid ishlab chiqarish boʻyicha Italiyaning “Saipem” kompaniyasi hamda karbamid granulyatsiyasi boʻyicha esa Germaniyaning “Uhde” kompaniyalari yetkazib berdi. Asosiy texnologik uskunalar Yaponiya va Yevropadan keltirildi.

Loyihani ishga tushirish va sozlash ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlangan boʻlishiga qaramay, 53 kunda tayyor mahsulot olishga erishildi. Bu “Mitsubishi Heavy Industries Ltd” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari tarixidagi rekond koʻrsatkich boʻlganligini taʼkidlab oʻtish joiz.

Ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksning texnologik bosqichlarida qoʻllanilgan noyob innovatsion va zamonaviy texnologiyalar ekologik va energetik samaradorligiga koʻra dunyodagi eng soʻnggi texnologiyalari hisoblanadi.

Majmuada 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Ammiakning 330 ming tonnasi yangi karbamid ishlab chiqarishga va 330 ming tonnasi mavjud ammiakli selitra ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi. Loyiha toʻliq qoʻvvatga chiqqanda 1 trillion 428 mlrd. soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqariladi va kimyo tarmogʻini 9,5 foizga oʻsishga olib keladi. Yiliga byudjetga 600 mlrd. soʻm miqdoridagi tushumlarini taminlaydi hamda 58,0 mln. dollarlik qoʻshimcha mahsulot eksport qilinadi.

Loyihani amalga oshirish natijasida 1964-yilda qurilgan, maʼnaviy jihatdan eskirgan, energiyasi sarfi yuqori boʻlgan “Navoiyazot” AJ 1- va 2- ammiak ishlab chiqarish sexlari foydalanishdan chiqariladi.

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining karbamidga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qoplanadi. Xususan, gʻalla va paxta xosilini agrotexnik muddatlarida gektarga qoʻshimcha 100-150 kilogrammgacha oʻz vaqtida karbamid mineral oʻgʻiti bilan oziqlantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va Gruziyaga mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер