Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

15:36 03 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
1062 0

Foto: Arxiv surat

Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr taʼminoti toʻliq tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz, deyiladi vazirlik axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер