Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi fuqarolar murojaatlari oʻrganildi

12:02 21 Noyabr 2023 Jamiyat
274 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini koʻrsatmoqda. Shuning uchun 2022-yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir 2023-yilning 17-noyabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumani, “Koʻhna Qoʻrgʻon” mahallasida tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan masʼul idora vakillari fuqarolarni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan imtiyozlar, bolalar nafaqasining tayinlanish tartibi, aholi bandligini taʼminlash borasidagi islohotlar bilan tanishtirishdi.

Fuqarolar bilan boʻlgan ochiq muloqotda, Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda koʻtarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Loyiha doirasida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabuli ham tashkil etildi. Qabulda salkam 20 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Ularning 9 tasiga huquqiy maslahatlar berilgan boʻlsa, qolgani oʻrganish uchun vaqt talab etilishi sababli nazoratiga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер