Navoiy viloyatidagi shamol elektr stansiyasi Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi

15:55 10 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
1275 0

Birlashgan Arab Amirliklari “Masdar” kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi PFI Awards tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi.

PFI  (Project Finance International) mukofotlari loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri boʻlib, har yili Yevropa, AQSH, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikadagi loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha eng yaxshi operatsiyalar uchun beriladi.

Qayd etish joizki, elektr stansiyasini qurish loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi shartlari asosida amalga oshirilmoqda.

Shartnoma “Masdar” kompaniyasiga 25 yil davomida elektr stansiyasini moliyalashtirish, loyihalash, qurish va ishlatishni koʻzda tutadi.

Loyihani amalga oshirish uchun 600 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Elektr stansiyasi ishga tushirilgach, yiliga 545 million kub metr tabiiy gaz tejaladi va karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 million tonnaga kamaytirib, yiliga 500 ming xonadonning isteʼmoliga teng boʻlgan 1,6 mlrd kVt.soat elektr ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер