Navoiy viloyatidagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tarifi amalga oshirildi

13:00 24 May 2023 Jamiyat
775 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev boshchiligida, “Madad” NNT Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Axatov, beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi podpolkovnik I.Sherovlar hamkorligida Navoiy shaxridagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Dastlab Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Departamentining 5-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi 4,5,11-sonli jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkiblari ishtirokida ZOOM platformasi orqali Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi vakili tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar rejasini yil boshidan buyon bajarilishi yuzasidan muassasa rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Shuningdek mintaqaviy vakil tomonidan qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi tushuntirildi. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan, shuningdek jinoyat sodir etganligi uchun sudnig hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz berish huquqiga ega ekanligiga alohida urgʻu berildi. Shundan kelib chiqib, uchastka saylov komissiyalari tomonidan ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va Konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirilishida masʼul ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.          

Monitoring tashrifi davomida, jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlari, jumladan, turkum yotoqxonalari, maishiy xonalar, oshxonalar, hammomlar, kameralar ahvoli, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam koʻrsatish boʻlimlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish xududlari va ish joylari oʻrganilib, mahkumlar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi. 

Shunigdek muassasalarda oʻrnatilgan Ombudsman qutilari koʻzdan kechirildi va murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.

Ishlab chiqarish korxonasidagi mavjud sexlarning ish faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, mahkumlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, ish oʻrinlari hamda ish davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi oʻrganildi. Aniqlanishicha, foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlar maxsus kiyim bosh va himoya vositalar bilan taʼminlangan. Ular bilan suhbat oʻtkazilganda, oylik ish haqlarini oʻz vaqtida olayotganligi, ayrim mahkumlar ortib qolgan qismini oila aʼzolariga yuborayotganliklarini bildirishdi.

Mahkumlar uchun moʻljallangan umumiy ovqatlanish oshxonasidagi sharoitlar oʻrganilganda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar talabi asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganligi, mahsulotlarni saqlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinayotganligi, oshxona jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanib, zaruriy sharoitlar yaratilganligi maʼlum boʻldi. 

Shundan soʻng, mintaqaviy vakil tomonidan maxsus kontingent uchun sayyor qabul tashkil etilib, mahkumlarning murojaatlari tinglandi va shulardan 2 tasi joyida hal etildi va qolgan  3 tasi ijroga qaratilib nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер