Navoiy viloyatida 514 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajariladi
Navoiy viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtab yigʻilishini oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi qarori bilan Davlat dasturlari ijrosini taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmi belgilanganligi, barcha darajadagi rahbarlar oldiga muhim vazifalar qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.
Viloyat boʻyicha 80 ta obyektda 514 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan boʻlib, obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda qoloqlikka yoʻl qoʻyilayotganligi taʼkidlanib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga aniq muddat va topshiriq berildi.
Barcha buyurtmachi va masʼul tashkilot rahbarlari hududlarda Dasturning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi, shu jumladan har bir loyiha boʻyicha mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish-pudrat ishlari sifatli bajarilishi, harid qilish tartib-taomillari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik xususida rasman ogohlantirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring