Navoiy viloyati fermerlari shartnomaviy rejani uddaladi

00:04 04 Noyabr 2021 Jamiyat
631 0

Navoiy viloyati fermerlari 110 ming 860 tonnalik paxta xirmonini yaratib, bu boradagi shartnoma majburiyatlarini ado etishdi. Viloyat boʻyicha oʻrtacha hosildorlik gektar boshiga 34 sentnerni tashkil etib, bu oʻtgan yilga nisbatan 3,4 sentnerga koʻp demakdir. Ayrim fermer xoʻjaliklarining 50-60 sentnergacha hosildorlikka erishgani quvonarli, albatta.

Viloyatda 17 ta paxtachilik klasteri tashkil etilgan boʻlib, ular sanoatbop xomashyoning hosildorligini oshirishda, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishda fermerlarga yaqindan koʻmakdosh boʻlmoqda.

Bu yil viloyat boʻyicha 10 ming gektardan ziyod paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish joriy etilgani hamda 5 ming gektar maydonda lazerli tekislagichlardan foydalanilgani erishilgan yutuqda muhim omil boʻldi.

Yigʻib-terib olingan paxta xomashyosining 90 foizidan ortigʻi yuqori yuqori navlarga qabul qilindi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер