“Navoiy” EIZda farmatsevtik korxona quriladi
Foto: Халқ сўзи
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda “China-Uzbekistan Medicine Technical Park” xorijiy korxonasi tomonidan “Farmakologik faol moddalarni ishlab chiqarish zavodini qurish” loyihasi ustida amaliy ishlar boshlandi.
Umumiy qiymati 11,5 million AQSH dollariga teng ushbu loyihaga koʻra 120 kishining bandligi taʼminlanib, dastlabki bosqichda 14 turdagi dori substansiyalari ishlab chiqarish moʻljallanmoqda.
“China-Uzbekistan Medicine Technical Park” xorijiy korxonasi vakillari bilan viloyat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni yanada oshirish masalalari muhokamasi doirasida yana qator istiqbolli loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring