“Navoiy azot”ga qarashli zavodda 4 kishi gazdan zaharlandi
Joriy yilning 28-oktyabr kuni taxminan soat 16:00 da Navoiy viloyati “Navoiy azot” AJga qarashli PVX zavodida nomaʼlum kuydiruvchi gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz bergan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya boʻlimiga yotqizilgan.
Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari boʻyicha malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Mazkur holat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, bemorlarning ahvoli yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring