Navbatdagi pandemiyaning qayerdan kelib chiqishi mumkinligi aniqlandi
Illyustrativ foto
Xalqaro olimlar guruhi navbatdagi pandemiya xavfi ostida boʻlgan asosiy hududlarni aniqlash uchun turli mamlakatlarning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilishdi.
Izlanish davomida yangi yondashuvni qoʻllagan holda tadqiqotchilar yovvoyi tabiat hamda odamlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirlar aholi salomatligiga yomon natijalar bilan kesishadigan nuqtalarni aniqlashdi.
Unga koʻra, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika hududlari, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasining gʻarbiy qirgʻogʻi eng xavfli hududlar ekanligi maʼlum boʻlgan, deb yozmoqda “Medicalxpress”.
Tadqiqot rahbari Maykl Uolshning soʻzlariga koʻra, garchi eng yuqori xavf ostida boʻlgan hududlar orasida boʻlmasada yuqori daromadli mamlakatlarni ham diqqat bilan tekshirish talab etiladi. Zero, jarayon yovvoyi tabiatga taʼsir etuvchi yuqori antropogen omil bilan bogʻliq.
Olimlarning qayd etishlaricha, yangi maʼlumotlar asosida sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash, xavfsiz chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, yirik transport markazlari orqali inson harakatlarini boshqarishni oʻz ichiga olgan tizimlarni ishlab chiqish mumkin boʻladi.
“Bularning barchasi esa albatta, keyingi pandemiyani oldini olishga yordam beradi”, deya xulosa qiladi Uolsh.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring