Navbahor tumanida 2 ming 621 gektar yerning shoʻri yuvildi

12:08 09 Fevral 2022 Jamiyat
991 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi

Navbahor tumanida bu yil 4 300 gektar yerning shoʻri yuviladi. Fermer xoʻjaliklarining shoʻr yuviladigan yerlarda pol olish ishlari toʻxtovsiz olib borilyapti. Mavjud suvdan foydalanib birinchi shoʻr yuvilgan yerlar 2 621 gektarga yetib qoldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.

— Tumanimizning asosiy ekin maydonlarida “Konimex” va “Arabsaroy” kanallaridan olinadigan suvdan foydalanib shoʻr yuviladi, — deydi tuman irrigatsiya boʻlimi bosh gidrotexnigi Baxtiyor Norboyev. — Shuning uchun beton kanallar, ariqlar va boshqa suv yoʻllarini taʼmirlash ishlari ham yakuniga yetkazilyapti.

Misol uchun, tumandagi “Kichik navkar” arigʻi 6,5 kilometr uzunlikda boʻlib, 470 gektar yerdagi ekinzorlarga suv yetkazib beradi.

— Bu ariqni taʼmirlash-tozalash boshlanganiga koʻp vaqt boʻlgani yoʻq, — deydi tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Faxriddin Rajabov. — Ammo ishchi-xodimlarimiz va mahallalardan yordamga kelgan hasharchilar ishtirokida qisqa vaqt ichida ariq tozalab boʻlindi. “Katta Konimex” kanaliga suv ochilishi bilan shoʻr yuvishda bu ariq muhim rol oʻynaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер