NATO Osiyo davlatlarini oʻz safiga qabul qilishdan bosh tortmoqda

04:08 10 May 2023 Dunyo
1277 0

Illyustrativ foto

NATO Osiyo davlatlarini oʻz saflariga qabul qilishdan bosh tortgan holda Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarining birlashmasi boʻlib qolishlarini maʼlum qildi.

Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg “The Washington Post“ gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“NATO Shimoliy Amerika va Yevropa ittifoqi boʻlib qoladi, u Osiyodan aʼzolar bilan global ittifoqqa aylanmaydi va bizning jamoaviy xavfsizlik kafolatimiz NATO hududiga ham taalluqlidir”, dedi Stoltenberg.

Bosh kotib Osiyoning aynan qaysi mamlakatlari NATOga aʼzo boʻlish istagida ekaniga oydinlik kiritmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy NATOdan oʻz hududidagi harbiy mojaro tugaganidan keyin mamlakat NATOga qabul qilinishi haqida aniq signal berishni soʻragan edi. Shu yilning 21-aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansdagi barcha ittifoqchilarning Ukrainani unga qoʻshilishga roziligi haqida aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер