“Nasaf” jamoasi “Al-Nasr”ni magʻlub etdi
Kecha, 28-avgust kuni ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan Osiyo chempionlar ligasi saralashining 2-tur bahslari boʻlib oʻtdi.
Saralashning “B” guruhiga Qarshi shahri mezbonlik qilmoqda. Kecha maydon egasi boʻlgan “Nasaf” jamoasi Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Nasr” ayollar klubi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 1:0 hisobi bilan Vladislav Xan jamoasi gʻalaba qozondi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga “Nasaf” jamoasi yetakchisi Lyudmila Karachik mualliflik qildi.
Shu tariqa 2 ta oʻyinda 6 ball jamgʻargan Qarshi klubi musobaqaning final bosqichiga yoʻl olishga yaqin turibdi. Jamoa saralashdagi soʻnggi oʻyinini 31-avgust kuni Taylandning “College of Asian Scholars” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring