Namanganlik bogʻbonlar gilos eksportini boshlashdi
“Xalq so`zi ONLINE”
“Xalq soʻzi ONLINE”/ “Qudratilla Najmiddinov. Saxiy zaminimiz bogʻlarida gilos pishib yetildi. Quyosh nuridan rang va taʼm olgan bu mevaning asosiy qismi Toʻraqoʻrgʻon qishloqlarida parvarishlanishi eʼtiborga olinib, uning eksportini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat shtabi ushbu tumanga joylashtirilgan. Ayni kunlarda xalqaro bozorda talab yuqori boʻlgan Namangan giloslarini tashqi bozorga chiqarish boshlab yuborildi.
Aytish lozimki, 2020-yil davomida Namangan viloyatidan Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa oʻnlab davlatlarga jami 450 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, tashqi savdo amaliyotlari koronavirus pandemiyasi davrida davom ettirilmoqda.
Viloyat eksportining 200 million AQSH dollaridan koʻproq qismi meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Birgina gilosning oʻzidan may-iyun oylarida 17,8 million dollarlik mahsulotni xalqaro hamkorlarga yuborish boʻyicha kelishuvlar mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring