Namanganda zilzila sodir boʻldi

16:20 20 Avgust 2024 Jamiyat
1020 0

Namangan viloyati Uychi tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 20-avgust kuni soat 16:01 da (Grinvich boʻyicha 11:01 da) zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi epitsentri Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan. Zilzilaning koordinatalari esa 40,96 gradus shimoliy kenglik, 71,8 gradus sharqiy uzunlikda ekani keltirilgan.

Manbaga koʻra, yer qimirlashi 9 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 3 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер