Namanganda yangi senatorlarning nomi maʼlum boʻldi
“Xalq soʻzi ONLINE” Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Toʻraqoʻrgʻon shahridagi Madaniyat markazida xalq deputatlari Namangan viloyati, shahar va tuman kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. UndaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga aʼzolarni saylash masalasi koʻrib chiqildi.
Saylov Kodeksiga muvofiq, deputatlar Senat aʼzoligiga nomzodlar uchun yopiq yashirin ovoz berdilar. Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda hozir boʻlgan deputatlarning 50 foizdan koʻp ovozini olgan 6 nafar nomzod viloyatdan Oʻzbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.
Ular:
Bozorov Xayrullo - Namangan viloyati hokimi
Abdullaxonov Nosirbek — Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi rahbari
Dobrix Anna – Namangan shahridagi “Iftixor kiyim sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari
Najmiddinov Ikromxon — Oʻzbekiston Faxriylarini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi
Parpiyev Mahmudjon -“Namangan haqiqati” viloyat gazetasi bosh muharriri
Umarov Baxtiyor – “Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring