Namanganda yangi kelin-kuyovda koronavirus aniqlandi

14:50 13 Aprel 2020 Jamiyat
1341 0

Illyustrativ surat

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov telemurojaat bilan chiqqani haqida xabar bergan edik.

Hokim viloyatda koronavirus aniqlanganlarning katta qismi shifokorlar ekanini maʼlum qilib barchani ogohlikka chaqirdi.

Taʼkidlashicha, koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha biz bilmaymiz.

Hokimning fikricha, koʻpchilik bu virusni shamollash deb oʻylab uy sharoitida davolanmoda. Shu sabab koʻpchilikdan tez tibbiy yordam xodimlari yuqtirib olmoqda.

"19-mart kuni bir kishi bir oilada oʻtkazilgan toʻy marosimiga borib, marosimda 18 kishiga, jumladan, yangi kelin-kuyovga ham virus yuqtirgani fuqarolarimizga xulosa qilish uchun misol boʻlmayaptimi?”, deydi Xayrulla Bozorov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер