Namanganda viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning xizmat avtomobiliga jarima solindi

22:05 12 Fevral 2020 Jamiyat
1560 0

Foto: www.google.com

“Namanganliklar” “Telegram” kanalida maʼlum qilinishicha, joriy yilning 6-fevralida Toʻraqoʻrgʻon tumanida davlat raqami “50 050 AAA” boʻlgan Toyota Prado mashinasi haydovchisi yoʻl harakati xavfsizligi qoidasini buzib, tezlik 70 km/soat bilan chegaralangan joyda 81 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Tezlik meʼyordan oshirilganini fotoradar qayd qilgan.

Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 128(3)-moddasining birinchi qismiga asosan viloyat maʼmuriyati tomonidan 223 ming soʻm jarima toʻlangan.

Taʼkidlanishicha, viloyat hokimligi ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hokimlik transport vositalari haydovchilari bilan tushuntirish ishlari oʻtkazilgan, bundan keyingi faoliyatda yoʻl harakati qoidalariga toʻla amal qilish borasida qatʼiy koʻrsatma berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер