Namanganda sifatsiz yogʻ mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:00 23 Dekabr 2022 Jamiyat
558 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Yo. “Majnuntol” MFY hududidagi maktabning qozonxona binosida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 450 litr paxta yogʻi, 820 kg paxta chigiti va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер