Namanganda qalbaki dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Muntazam” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Mersedes benz” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqarolar С.К. va Х.М. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 112,5 mln soʻmlik qalbaki dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring