Namanganda “Nexia” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib ayanchli YTHga uchradi
Namangan viloyatining Chortoq tumanida “Nexia” avtomobili haydovchining beparvoligi oqibatida pastlikka tushib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yil 21-yanvar kuni soat 18:00 larda, Namangan viloyati, Chortoq tumani hududidan oʻtuvchi 4P-117B avtomobil yoʻlining 1-kilometrida haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan S.T. “Nexia” rusumli avtomobilini boshqarayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, ehtiyotsizligi oqibatida pastlikka tushib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring