Namanganda “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Elatan” MFY hududidagi xonadonda yashovchi A.Q. o‘z uyida 4 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring