Namanganda Xitoy avtomobillari ishlab chiqariladi
Namangan viloyatining Pop tumanida xitoyliklar bilan hamkorlikda “UzFoton” qoʻshma korxonasi barpo etiladigan boʻldi. Loyihaga koʻra, bu yerda oʻrta sigʻimdagi yuk avtomobillari va mikroavtobuslar ishlab chiqariladi.
“Urumqi Xin Sheng international Trading Co.LTD” kompaniyasi yangi ishlab chiqarishga 14 million AQSH dollari miqdorida sarmoya yoʻnaltirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan mazkur loyiha 2019 yil investitsiya dasturiga kiritilgan boʻlib, u nihoyasiga yetkazilishi bilan oyiga 500-1000 dona atrofida zamonaviy avtomobillarni yigʻish quvvatlari yuzaga keladi.

Hamkorlik korxonasini joriy yilning sentyabri - Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring