Namanganda YTH oqibatida velosiped haydovchilari halok boʻldi

22:21 11 Iyul 2020 Jamiyat
970 0

Joriy yilning 4-iyul kuni soat 08:30 larda Uychi tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida shu tumanda yashovchi fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchini urib yuborgan. Afsuski, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi 9-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bundan tashqari, 9-iyul kuni sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi ham afsuski ayanchli yakun topdi. Soat 16:30 larda, Kosonsoy-Namangan yoʻlining 17 km.da tumanda yashovchi fuqaro «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay ogʻir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Hurmatli haydovchilar! Avtomobil boshqarayotganingizda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qiling. Bir insonning halok boʻlishiga yoki ogʻir tan jarohat olishiga sababchi boʻlib qolmang”, deyiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер