Namanganda erkaklar bozor yaqinidagi tirbandlik tufayli janjal chiqardi

20:49 06 Fevral 2022 Jamiyat
1050 0

Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan, avtomashina savdosi bilan shugʻullanuvchi fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinasini sotish maqsadida Yangi Namangan tumani, “Kelajak tongi” MFYda joylashgan avtomashinalar sotish bozoriga borgan vaqtida, bozor atrofida yuzaga kelgan tirbandlik tufayli oʻzidan oldinda turgan «Tico» rusumli avtomashina haydovchisi, Chortoq tumanida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan, muqaddam 2009-yilda JKning 166-moddasi bilan sudlangan, avtomashina taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi fuqaro bilan oʻrin-joy talashib, baqir-chaqir qilib, atrofdagilarni oʻziga tortib, bir-birlari bilan oʻzaro ogʻzaki ravishda tortishgan.

Tortishuv davomida biror bir kishi tan-jarohat olmagan va shikastlanish belgilari aniqlanmagan.

Mazkur tortishuv atrofdagi fuqarolar tomonidan uyali aloqa vositalarida videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер