Namanganda bogʻcha rahbari 17 nafar bolani qabristonga olib bordi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Namangan viloyati Chortoq tumanida bogʻcha rahbari 17 nafar bolani mahalliy qabristonga olib bordi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holatga izoh berdi.
Unda aytilishicha, holat Namangan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan.
Aniqlanishicha, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan Xotira va qadrlash kunini qay tarzda oʻtkazish boʻyicha berilgan tavsiya xatiga qaramay, joriy yilning 8-may kuni «З.Б.» oilaviy bogʻchasi rahbari, tadbirkor Ў.М. tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvchi «Tol mozor» qabristoniga ziyorat qilish uchun olib borilgan.
Ushbu holat Iftixor MFY raisi, bir qator nuroniylar hamda 20 nafar tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish, bolaning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim muassasasining davlat oʻquv dasturi doirasida amalga oshirilishi lozimligi taʼkidlangan.
Shuningdek, oʻz vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa rahbari Ў.М. jiddiy ogohlantirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring