Namanganda bir oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

18:40 19 Noyabr 2024 Jamiyat
340 0

Kecha, 18-noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumanida ota-bolalar is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Buni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Unga koʻra, holat Pop tumani “Iskovut” MFY Qoʻrgʻontepa koʻchasida sodir boʻlgan. 1988-yilda tugʻilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014-yilda tugʻilgan O.A. hamda 2010-yilda tugʻilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun oʻrnatilgan, qoʻlbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Shuningdek, xonadonda boʻlgan erkakning turmush oʻrtogʻi G.M. is gazidan zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер