Namanganda 200 ta oila 30 kishilik toʻy qildi

13:12 25 Iyun 2020 Jamiyat
957 0

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan ham fuqarolarga xizmat koʻrsatish sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda barcha xizmatlar bir darcha tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, toʻy va boshqa marosimlarni kamchiqim, karantin talablari asosida oʻtkazish boʻyicha tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilmoqda. Koʻpchilikka bu singari ortiqcha sarf-xarajat va dabdabalarsiz, ixcham toʻylar maʼqul tushmoqda. Chunonchi, pandemiya bilan bogʻliq karantin davrida nikohdan oʻtgan 250 nafar fuqaroning 200 nafar kamchiqim toʻy qilishga roziligini bildirdi.

— Hamma gap kelin-kuyov va ular ota-onalarining tushunishida,-deydi toʻraqoʻrgʻonlik Muxtorali Ergashev. — Oʻtgan hafta oʻgʻlimni uylantirdim. Mahallar fuqarolar yigʻini bosh turdi, mehmonlar va boshqa ishtirokchilar sonini oʻttiz kishidan oshirmadik. Xarajat ham shunga yarasha boʻldi. Ilgari edi, qozon-qozon osh damlash, “ZAGS” kechasiyu, kelin dugonalari ziyofati degan hashamlar. Mana, toʻyni bir kunda soddagina qilib oʻtkazsa boʻlarkanu. Biror kim meni nega toʻyga chaqirmading, deb noligani ham yoʻq. Eng muhimi, yoshlarning bir-biriga muhabbati, qurgan oilasi mustahkam boʻlsin.

Qoʻshimcha sifatida takidlash joiz, Namangan viloyatining tuman va shahar FHDYO boʻlimlari tomonidan 2020-yilning oʻtgan davrida 41 028 ta fuqaroga xizmat koʻrsatildi. Xususan, karantin davrining oʻziga xos sharoitlariga qaramay 15778 fuqaroga tugʻilish, 1244 fuqaroga nikoh guvohnomalari topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер