Namanganda 20 nafar talabaning kontrakt pullari toʻlab berilаdi

16:53 09 Yanvar 2021 Jamiyat
1012 0

Yangiqoʻrgʻonda boʻlib oʻtgan yoshlar festivali doirasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Unda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov va viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvida  yigit-qizlar viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va sektor rahbarlariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, batafsil javob oldilar. Viloyat rahbari ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yoshlarga quvonchli xabarni eʼlon qildi: 20 nafar talabaning bir yillik kontrakt puli toʻlab beriladi.  Buning uchun ajratilgan 160 million soʻm mablagʻ asosan tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan yigit-qizlar kontraktiga yoʻnaltiriladi.

Anjuman  chogʻida faol yoshlardan bir guruhi ragʻbatlantirildi. Nanay madaniyat saroyiga esa 50 million soʻmlik cholgʻu asboblari hadya qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер