Namanganda 12 ta “IT-School” oʻquv markazi ochildi

16:09 15 Dekabr 2020 Jamiyat
5204 0

2020-yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli texnologiyalar yili” deb eʼlon qilinib, mazkur yoʻnalishda katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan roʻyobga chiqarilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasi sohadagi yirik loyihalardan biri sifatida eʼtirof qilinmoqda. Mazkur loyihani hayotga tatbiq etish maqsadida Namangan viloyatining shahar va tumanlaridagi 12 ta kasb-hunar kollejlarida zamonaviy taʼmirlangan, mebellar toʻplami, kompyuter va orgtexnika qurilmalari bilan jihozlangan “IT-Scholl” oʻquv markazlari tashkil etildi. Bugun joylarda ushbu markazlarning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Markazimizda bir yoʻla 360 nafar yosh axborot texnologiyalari saboqlarini oʻzlashtira oladi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumanida faoliyat boshlagan oʻquv markazi menejeri Ilhomjon Abdullayev. — Ular olti oy mobaynida bir qator dasturlash tillarini oʻzlashtirib, AKT boʻyicha zarur bilimga ega boʻladilar. Mashgʻulotlarga 5 nafar malakali dasturchi mutaxassislar jalb etilgan.

Aytish lozimki, yoshlarning AKT sohasidagi koʻnikmalarini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan “IT-Scholl”larning kelajagi porloq. Namangan tajribasi sifatida ushbu markazlarni respublika “IT-Park” (“IT-center” –Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi) bilan birlashtirish yuzasidan viloyat hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi oʻrtasida qoʻshma qaror qabul qilindi. Unga koʻra, markazlar respublika boshqaruviga oʻtkazilib, “IT-Park” viloyatdagi har bir oʻquv markaziga 5-6 nafardan, jami 72 nafar oʻqituvchi trenerlarni ishga olishni boshladi. Oʻqitish Hindiston davlati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan metodika asosida tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, oʻquv markazlarida yiliga 10800 nafar yoshlar oʻqitilib, ularga “IT-Park” sertifikati beriladi. Dasturlash kursini muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilarni mavjud imtiyozlarni qoʻllash orqali “IT-Park” Namangan filialiga frilanser va rezident sifatida oʻtkazilib, ularga buyurtmalar shakllantirilishiga koʻmaklashiladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер