Namangan viloyatining “yashil” zonasida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq yangi holat qayd etildi
Arxiv foto
2-iyun kuni soat 9:00 holatiga Namangan viloyatida koronavirus infeksiyaga chalingan bemorlar soni 260 nafarga yetdi. Yangi holat Yangiqoʻrgʻon tumanida qayd etildi.
Bemor 1979-yilda tugʻilgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchi boʻlib, 24-mart kuni Rossiyaning Rostov shahriga ketgan, 21-may kuni Qoraqalpogʻistondagi Qoʻngʻirot posti orqali Oʻzbekistonga qaytgan, 30-may kuni Namangan kirib kelgan va oilasi bilan koʻrishmasidan karantinga olingan.
Bugun viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, toʻliq tuzalganlar soni 247 kishini tashkil etmoqda. Toʻrt kishi vafot etgan.
Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 9 kishi davolanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarning yangilangan roʻyxatida ushbu tuman “yashil” zonalar qatoridan joy olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring