Namangan aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

10:47 13 Dekabr 2022 Jamiyat
517 0

Namangandagi meteorologik sabablarga koʻra havo kemalarini xalqaro aeroportga qabul qilish va joʻnatish vaqtincha toʻxtatildi.

Xususan, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yoʻl olgan J9645 reysi Qirgʻizistonga yoʻnaltirildi. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qoʻndi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Omsk-Namangan yoʻnalishi boʻyicha uchgan HY9810 reysi Toshkent aeroportiga yoʻnaltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qoʻndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirildi. 

Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan soʻng u belgilangan manzilga uchib ketadi.

Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak boʻlgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yoʻlovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.

Namangan aeroportida xabar qilinganidek, ob-havo sharoiti asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin bir necha soat ichida samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер