Nafosat va orzular fasli

15:15 10 Mart 2023 Jamiyat
810 0

Foto: Xalq so‘zi

Fotoreportaj

 

Tabiat – dono musavvir. U bugun oʻzining mohir moʻyqalami bilan rangin manzaralarni kashf etib, borliqni zebo kelinchakdek orolantirmoqda. Koʻklam ifori oʻz atrini taratib, tabiatning jozibali va tarovatli koʻrinishi har qanday insonni bir zumda oʻziga mahliyo etadi.

Qir-adirlar, dashtu dalalarda yana muzaffar hayot tantanasi: koʻkm nafasi inson qalbini ham shirin orzular, dilbar xayollarga oshno etadi. Ayni kunlarda ona tabiat bilan birga qahratonda dimiqqan qalblarimiz ham emin-erkin, toʻyib-toʻyib nafas olmoqda.

Bahor – nafosat fasli. U qulochlarga, xayolot dunyosiga sigʻmaydigan orzular fasli...

 

Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер