Nafisa Sheripboyeva Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritdi
Hozirgina para dzyudo bahslarida ayollar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboyeva bronza medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Archega qarshi tatamiga chiqdi.
Qiziqarli kechgan kurashda Sheripboyeva ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida gʻalaba qozondi va bronza medalga sazovor boʻldi.
Ushbu natijadan soʻng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring