Nabiyev Shuhratjon Jurabekovichni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, azaliy do‘stlik, strategik sheriklik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati, maqom san’atini rivojlantirish va ommalashtirish, o‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosini dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdagi faol ishtiroki hamda mushtarak qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati «Nuri niyogon» shashmaqom ansambli rahbari Nabiyev Shuhratjon Jurabekovich O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring